O'tkazib yuborish
Operatora Phone

Qo'ng'iroqlar va chatlar — bitta ilovada

Sotuv menejerlari uchun softphone: SIP qo'ng'iroqlar, Telegram, Instagram, WhatsApp va SMS bitta oynada. Har bir suhbat Operatora CRM'ga o'zi tushadi.

5 ta kanal
Telegram, Instagram, WhatsApp, SMS va SIP qo'ng'iroqlar
24/7
AI agent siz yo'qligingizda ham mijozlarga javob beradi
Demoga yozilish

Android — Google Play'da. Windows, macOS va iOS — tez orada.

Barcha kanallaringiz bitta boardda
InstagramWhatsAppTelegramSMSGoogle SheetsClickPayme1CBitrix24ClaudeChatGPT
Qo'ng'iroq xulosasi

Har bir qo'ng'iroqdan keyin — tayyor xulosa

Operatora suhbatni yozib oladi, asosiy fikrlar, kelishuvlar va keyingi qadamlarni lead kartasiga o'zi yozadi — kompyuterda ham, telefonda ham.

9:41

Qo'ng'iroq

Dilnoza Rahimova+998 90 123 45 67Kiruvchi · 05:12
AI xulosaTaklif kutmoqda

Mijoz 5 kishilik sotuv jamoasi uchun Pro tarifga qiziqmoqda va yillik to'lovdagi chegirmani so'radi.

Keyingi qadam: bugun 18:00 gacha taklifni Telegram'ga yuborish.

Vazifalar

  • Taklifni Telegram'ga yuborish
  • Juma kuni qayta qo'ng'iroq qilish
CRM bilan sinxron
BugunSuhbatlarXabarlarDialpadSozlamalar

Qo'ng'iroqda eslatma yozish shart emas

Mijozga e'tibor bering — asosiy fikrlar, kelishuvlar va vazifalarni AI o'zi ajratib beradi.

DR

Dilnoza Rahimova

● 03:41

AI xulosaTranskript

Asosiy fikrlar

  • Pro tarifga qiziqmoqda, 5 kishilik jamoa uchun
  • Yillik to'lovdagi chegirmani so'radi

Vazifalar

  • Taklifni bugun Telegram'ga yuborish
  • Juma kuni qayta qo'ng'iroq

Javobni AI yozib beradi

Xabar maydonidagi ✨ tugmasi suhbatga mos javob taklif qiladi — tahrirlang yoki darhol yuboring.

Yetkazib berish necha kunda bo'ladi?16:08

AI taklifi

Assalomu alaykum! Toshkent bo'ylab 1 kunda, viloyatlarga 2–3 kunda yetkazamiz. Buyurtmani rasmiylashtirib qo'yaymi?

Qo'llash

Siz yo'qligingizda

3 ta chat · 11 ta AI javob

  • DRDilnoza R.Narx so'radiAI javob berdi
  • JTJasur T.Buyurtma holatiAI javob berdi
  • MYMadina Y.Qo'ng'iroq so'radiSizga vazifa
AI agent

Siz yo'qligingizda ham sotuv to'xtamaydi

Uchrashuvda, yo'lda yoki tunda — AI agent Telegram, Instagram va WhatsApp'dagi mijozlarga darhol javob beradi.

  • Har bir yangi xabarga bir necha soniyada javob
  • Qaytganingizda — qisqa hisobot: nechta chat, nechta AI javob
  • Har bir suhbat uchun AI xulosa va keyingi qadam
  • Agent qanchalik mustaqil ishlashini o'zingiz sozlaysiz
Demoga yozilish
Imkoniyatlar

Operatora Phone ichida hammasi bor

  • Dialpad va SIPO'z SIP raqamingiz yoki Operatora liniyasi orqali qo'ng'iroq qiling, mikrofon va ovoz darajasi ko'z oldingizda.
  • Bitta inboxTelegram, Instagram, WhatsApp va SMS xabarlari bitta ro'yxatda: hammasi, o'qilmagan va meniki.
  • AI agentSiz band paytda mijozlarga javob beradi. Avtonomiya darajasi va eslatmalarni o'zingiz belgilaysiz.
  • Qo'ng'iroqlar tarixiKiruvchi, chiquvchi va o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlar filtrlari bilan — bir bosishda qayta qo'ng'iroq.
  • Bezovta qilmaslikTinch soatlar va dam olish kunlari jadvali. VIP lidlar va qayta qo'ng'iroq qiluvchilar baribir yetib keladi.
  • VPN tunnelChet eldan korporativ PBX serverlariga ulanish uchun. Faqat o'zingiz yoqasiz, jurnallar yuritilmaydi.
Qanday ishlaydi

Bir necha daqiqada ishga tushadi

O'rnating, kanallarni ulang — qolganini Operatora o'zi sinxronlaydi.

  1. 01Hisobingiz bilan kiringOperatora Phone'ni o'rnating va Operatora hisobingiz bilan kiring.
  2. 02Kanallarni ulangSIP raqam, Telegram, Instagram, WhatsApp va SMS — bitta Kanallar bo'limida.
  3. 03Sotishga e'tibor beringQo'ng'iroq va xabarlar CRM'ga o'zi tushadi, AI keyingi qadamni aytadi.