O'tkazib yuborish
Operatora haqida

Operatora — sotuv texnologiyasining keyingi qatlami

Missiyamiz

O'zbekistondagi har bir kompaniya — kichik do'kondan yirik call-centergacha — sotuv jarayonini tizimli, tushunarli va natijali qilishi kerak. Bu — Operatora qurilayotgan asosiy maqsad.

Platformani ko'rish

Qadriyatlarimiz

  • Ishonch: Har bir suhbat xavfsiz saqlanadi. Ma'lumotlaringiz hech qachon uchinchi tomonlarga yuborilmaydi.

  • Shaffoflik: AI nima qilayotganini har doim ko'rasiz. Hech qanday "qora quti" yo'q — har bir qaror izohlanadi va tekshiriladi.

  • Natijadorlik: Biz uchun muvaffaqiyat — sizning o'sishingiz. Har oyda real ko'rsatkichlar bilan progressni kuzatib boramiz.

Operatora qanday boshlandi

Bizning yo'limiz

Operatora jamoasidan maktub

Hurmatli mijozlar va hamkorlar,

Biz global CRM'larni kopiya qilishni emas, mahalliy kompaniyalarning real ehtiyojlaridan kelib chiqib yechim yaratishni tanladik. Telegram orqali muloqot, mahalliy SIM/SIP provayderlari, Uzcard/Humo to'lovlari, o'zbek tilidagi voice AI — bular hamma global platformalarda yo'q, lekin bu yerdagi har bir jamoa uchun zarur.

Har bir qarorimiz "bu O'zbekistonda qanday ishlaydi?" degan savol bilan boshlanadi. Mijoz ma'lumotlari O'zbekiston serverlarida, qonunchilik talablariga mos saqlanadi. Biz reklama orqali emas, amaliy natijalar orqali o'sishni tanlaymiz — va har bir xodim kompaniyaning yo'nalishi va qarorlarini biladi.

Hozirda Operatora jamoasi Toshkentda joylashgan. Mahsulotimiz har kuni yangilanadi, har hafta yangi integratsiyalar va xususiyatlar qo'shilayapti. Biz kichik, lekin fokuslangan jamoamiz — har bir a'zo mahsulotning aniq qismiga mas'ul.

Ofisimiz: Toshkent, Shahristan 1. Agar bizni ko'rishni xohlasangiz — yozing, ko'rishuv vaqtini belgilaymiz.

Agar jamoamizga qo'shilishni xohlasangiz — Karyera sahifasida ochiq vakansiyalar bor.

Operatora jamoasi

Toshkent, Shahristan 1

Barcha kanallaringiz bitta boardda
InstagramWhatsAppTelegramSMSGoogle SheetsClickPayme1CBitrix24ClaudeChatGPT

Raqamlarda natijalarimiz

Biz erishgan raqamlar mijozlarimizda — training center, consulting, savdo va optika bizneslari Operatora bilan erishgan real natijalar.

Imkoniyatlarni ko'rish

Konversiya o'sishi

+130%

Training center bilan 6 oylik hamkorlikda.

Tezroq javob

4.8x

Shu training center'da leadlarga javob tezligi.

Yopilgan konversiyalar

1000+

Consulting mijozimiz leadlari Operatora'da ishlandi.

O'rtacha javob vaqti

45s

O'yinchoq do'konida — avval 2 soat edi.

Murojaatlar qamrovi

100%

Optika tarmog'idagi yozma va ovozli murojaatlar.

Ovoz kechikishi

<200ms

AI ovoz modelining jonli suhbatdagi javob tezligi.